O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mudofaa vazirligi armiya sportchilari Butunjahon harbiy sport o‘yinlariga ishtirok etish uchun Xitoyga jo‘nab ketdi

2019-10-16 | Sport

18—27-oktabr kunlari Xitoyning Uxan shahrida VII Butunjahon harbiy sport o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Unda dunyoning 136 dan ortiq mamlakati vakillari qatnashib, 27 ta sport turi bo‘yicha g‘oliblik uchun o‘zaro bahs olib boradi. Yurtimiz armiya sportchilari ham ushbu yirik musobaqada ishtirok etadi.

Butunjahon harbiy sport kengashi (CISM) tomonidan «Sport orqali birodarlik» shiori ostida har to‘rt yilda bir marta o‘tkaziladigan musobaqadan asosiy maqsad, tom ma’noda dunyoda tinchlik o‘rnatishga, xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlikni mustahkamlashga qaratilgan. Bu yil o‘z tarixida yettinchi marta tashkil etilayotgan musobaqa o‘tgan vaqt davomida harbiy sportchilarning o‘ziga xos Olimpiadasi darajasiga ko‘tarildi.

2007-yil 14—21-oktabr kunlari Hindistonning Haydarobod shahrida bo‘lib o‘tgan IV Butunjahon harbiy sport o‘yinlarida Qurolli Kuchlarimiz Markaziy harbiy sport klubining boks, dzyudo, erkin kurash va yengil atletikachilari kengroq tarkibda ishtirok etdi. Natija ham shunga yarasha yuqori bo‘ldi. Ayniqsa, mayor Uyg‘un Siddiqov va Farhod Bakirov murabbiyligidagi bokschilarimiz IV Butunjahon harbiy sport o‘yinlarida 4 ta oltin va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, o‘sha paytlarda kuchli sanalgan Rossiya, Xitoy harbiy terma jamoalarini ham ortda qoldirdi va umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.

18-oktabr kuni Xitoyning Uxan shahrida boshlanadigan VII Butunjahon harbiy sport o‘yinlarida 12 yillik tanaffusdan so‘ng yurtimiz vakillari ham ishtirok etadi. Ikkita Butunjahon harbiy sport o‘yinlarini o‘tkazib yuborgan vakillarimiz musobaqaga qay darajada tayyor, natijalar qanday bo‘lishi kutilmoqda? Harbiylarimiz bu safar qaysi sport turlari bo‘yicha bahslarda ishtirok etishadi? Ayni kunda sport muxlislarini shu kabi savollar bezovta qilayotgani tabiiy.

VII Butunjahon harbiy sport o‘yinlarida qatnashadigan O‘zbekiston Qurolli kuchlari terma jamoasi tarkibini asosan Mudofaa vazirligi sport klubi (MVSK) vakillari tashkil etadi. Vakillarimiz yirik musobaqaning 5 ta sport turi bo‘yicha bahslarida ishtirok etadi – boks, dzyudo, taekvondo, yengil atletika va tennis.

VII Butunjahon harbiy sport o‘yinlarida bokschilarimiz to‘liq tarkibda, ya’ni barcha vazn toifasi bo‘yicha ring janglarida ishtirok etadi.

Dzyudo va taekvondochilarimizda armiya o‘yinlarida ishtirok etish borasida biroz muammolar mavjud. Xususan, taekvondochilarimizni 18—20-oktabr kunlari Bolgariyada o‘tkaziladigan «Tokio – 2020» Olimpiadasi uchun qimmatli reyting ochkolarini ishlab olish imkoniyati mavjud bo‘lgan «Sofiya – 2019» Gran-prisi kutayapti, dzyudochilarimizni esa xuddi shunday ahamiyatdagi BAA poytaxti Abu-Dabi shahri 24—26-oktabr kunlari mezbonlik qiladigan «Katta Dubulg‘a» turkumiga kiruvchi xalqaro turnir o‘ziga chorlamoqda. Eslatib o‘tamiz, VII Butunjahon harbiy sport o‘yinlari 18—27-oktabr kunlari Xitoyda o‘tkaziladi! Ana endi o‘zingiz xulosa qilib olavering, «Tokio – 2020» yozgi Olimpiadasiga borish uchun reyting ochkolari jamg‘arish ustunmi yoki VII Butunjahon harbiy sport o‘yinlarida sovrindor bo‘lish?!

Ha, murabbiylar siz muxlislar tarafida turib muammoning yechimini topishdi – yetakchi sportchilarimiz ikki musobaqada ham ishtirok etadi. Faqat sportchilar tezkor yo‘l azoblaridan tashqari boshqa mamlakatlardagi raqobatchilarini ham mag‘lub etishi kerak!
Endi taekvondo xususida. VII Butunjahon harbiy sport o‘yinlarida O‘zbekiston taekvondo terma jamoasi to‘liq tarkibda qatnashadi.

Darvoqe, 2020-yilgi Olimpiada o‘yinlariga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi janubiy koreyalik tajribali mutaxassis Kim Jin Yung bilan shartnoma tuzdi. U endi murabbiy sifatida O‘zbekiston taekvondo terma jamoasida ishlaydi.

 

Rasul JUMAYEV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Поделиться