O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Samarqandda I Xalqaro xayriya marafoni o’tkaziladi

2019-10-15 | Sport

1-noyabrdan 3-noyabrgacha Samarqand shahrida “Samarkand Half Marathon” I Xalqaro xayriya marafoni bo’lib o’tadi.

“Samarkand Half Marathon” loyihasining maqsadi madaniyat va san’at obyektlaridagi inklyuzivlik muammosiga jamoatchilik e’tiborini jalb qilish, shuningdek, O’zbekistonda sog’lom turmush tarzi va sport turizmini rivojlantirishdan iborat.

I Xalqaro xayriya marafonida tajribali sportchilar bilan bir qatorda yangi yuguruvchilar ham ishtirok etishi mumkin. Tashkilotchilar tomonidan 21 km, 10 km va 2 km masofa yugurish uchun ajratilgan.

Yarim marafonga tayyorgarlik jarayonida O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi inklyuzivlik muammosi bo’yicha tadqiqot o’tkazadi. Mutaxassislar tomonidan O’zbekiston teatrlari, muzeylari va kutubxonalarida treninglar o’tkaziladi. Tadqiqot natijalari marafonning o’quv dasturi doirasida hisobot shaklida taqdim etiladi.

Marafondan tushgan mablag’lar Toshkent shahridagi teatrlardan birida tajriba loyihasini amalga oshirish uchun sarflanadi.

Samarqand marafonida ishtirok etish uchun ro’yxatdan o’tish 20-oktabrgacha quyidagi sayt orqali davom etadi.

Поделиться