O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ozarbayjonning bir qator vazirlik va idoralari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi

2019-10-15 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 15-oktabr kuni Boku shahriga tashrifi davomida O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Ozarbayjonning bir qator vazirlik va idoralari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Xususan, Ozarbayjon Transport, aloqa va yuqori texnologiyalar vaziri R.Guluzade bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Unda transport va logistika sohasida idoralararo darajadagi o‘zaro manfaatli hamkorlik: yo‘lovchi va yuk tashish aloqalarini mustahkamlash va optimallashtirish, chegaradan o‘tayotganda to‘lanadigan amaldagi tarif va yig‘imlarni qayta ko‘rib chiqish, yuk tranzitlari uchun tarif preferentsiyalarini taqdim etish, transmilliy yo‘nalishlar bo‘yicha kombinatsiyalangan yuk tashishni yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi.

Bundan tashqari innovatsiya va texnologiyalar bo‘yicha hamkorlik masalalari ham ko‘rib chiqildi. Ushbu sohada tajriba almashish, ilg‘or ishlanmalar hamda ularni kelgusida amaliyotda qo‘llash maqsadida Ozarbayjon yuqori texnologiyalarni rivojlantirish va tadqiqotlar markazi, Sumgait kimyo sanoat parki, Pirallaxin yuqori texnologiyalar parki va boshqa ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari bilan hamkorlikni faollashtirish taklif etildi.

Uchrashuv yakunida yaqin istiqbolga mo‘ljallangan o‘zaro hamkorlik dasturi shakllantirildi, tomonlar uni amalga oshirishga darhol kirishadilar.

Shuningdek, Ozarbayjon qishloq xo‘jaligi vaziri I. Kerimov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida qishloq xo‘jaligidagi ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati, uni rivojlantirishning shart-sharoitlari va istiqbolli yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar zamonaviy, yuqori texnologiyali jihozlardan foydalangan holda yetishtirish, tayyorlash, saralash, kalibrovka qilish, qadoqlash va eksport kabi ishlab chiqarishning barcha jarayonlarini qamrab oluvchi qo‘shma agroklasterlar tashkil etish borasidagi investitsiyaviy hamkorlikka qiziqish bildirishdi.

Shuningdek, mutaxassislarning o‘zaro tashriflarini tashkil etish orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining turli navlarini sinovdan o‘tkazish, paxtachilik, ipakchilik sohalarida texnologiyalar va tajriba almashish uchun tarmoqdagi ilmiy tekshirish institutlarini jalb etgan holda ilmiy-texnikaviy aloqalarni rivojlantirish masalasi ham o‘zaro hamkorlikning muhim yo‘nalishi etib belgilab olindi.

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi texnikalarini Ozarbayjon bozoriga yetkazib berish mexanizmlarini ishlab chiqish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha muhokama etilgan tashabbuslarni batafsil o‘rganib chiqish uchun qishloq xo‘jaligi sohasida O‘zbekiston-Ozarbayjon qo‘shma ishchi guruhini tuzish va uning yig‘ilishini 2020 yil boshida tashkil etishga kelishib olindi.

Поделиться