O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Maktab o‘quvchilari o‘rtasida ijodiy ishlar tanlovi o‘tkaziladi

2019-10-15 | Ta’lim

Joriy yilning 9-oktabridan 8-noyabrigacha “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilinganining o‘ttiz yilligini keng nishonlash maqsadida umumta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida tanlov o‘tkaziladi.

Ta’lim berish tilidan qat’iy nazar, 21-oktabrga qadar barcha umumta’lim maktablarining 4-sinf o‘quvchilari o‘rtasida maktab miqyosida, o‘zbek tilida diktant yoziladi.

5-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida 4 bosqichli “O‘zbek tilim - iftixorim” mavzusida insholar va “Davlat tilim challenge” ijodiy ishlar tanlovlari o‘tkaziladi.
Ta’lim rus, qozoq, tojik, turkman, qirg‘iz, qoraqalpoq tilida olib boriladigan maktab o‘quvchilari ham ushbu tanlovda ishtirok etishi mumkin.

“Davlat tilim challenge” ijodiy ishlar tanlovida maktab jamoalari she’r, qo‘shiq, nutq, kreativ bayram tabrigi ko‘rinishidagi ijodiy ishlarini ijtimoiy tarmoq sahifalarida #davlattilimchallenge xeshtegi ostida yoritgan holda ishtirok etadi.

Maktab jamoalari videolavha shaklidagi ijodiy ishlarini joriy yilning 23-oktabriga qadar rtm@xtv.uz elektron manzili yoki +99894-618-19-87 raqami “telegram” kanaliga yuborishlari mumkin.

Tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimida qatnashish uchun Toshkent shahriga taklif etiladi.

Поделиться