Bugun, 15 oktabr kuni Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Milliy markazida Belorusiya Respublikasining Milliy Kadastr agentligi Bosh direktori A. Filippenko boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Bunda tomonlar kelgusidagi hamkorlikning quyidagi yo'nalishlari bo'yicha tajriba almashish strategiyasi muhokama qilindi:
- ko'chmas mulkni ommaviy baholash usullari;
- ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni ro'yxatga olishni takomillashtirish;
- davlat kadastr xaritalari ochiqligi bo‘yicha Belarusiya tajribasini o'rganish;
- elektron inventarizatsiya xizmatlarini ko'rsatish va ko'chmas mulkni texnik inventarizatsiyalash sohasida xizmatlarni taqdim etish bo'yicha tajriba almashish.
Uchrashuv yakunida Milliy Kadastr agentligi va Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Milliy markazi o'rtasida o'zaro hamkorlik to'g'risida Kelishuv imzolandi.