O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ozarbayjon moliya vaziri S.Sharifov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2019-10-15 | Iqtisodiyot
Joriy yilning 14-oktabr kuni Boku shahriga tashrifi doirasida O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Ozarbayjon moliya vaziri S.Sharifov bilan uchrashdi.
Uchrashuv moliya sohasida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash masalalariga bag‘ishlandi. Unda moliya statistikasi, bank-moliya xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish, moliyaviy savodxonlikni oshirish, sug‘urta foliyati, tadbirkor-eksporterlar va eksportni kreditlash sohasi hamda boshqa masalalarda o‘zaro hamkorlik mexanizmlarini nazarda tutuvchi, 2020-2021-yillarga mo‘ljallangan idoralararo darajasidagi amaliy tadbirlar Rejasini ishlab chiqish taklif etildi.
Muzokaralar yakuni bo‘yicha moliyaviy-texnik instrumentlar va yangiliklar aprobatsiyasi, xodimlar malakasini oshirish hamda tajriba almashish maqsadida o‘zaro tashriflarni tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuvga erishildi.