O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Turkiy tilli davlatlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytiradi

2019-10-15 | Iqtisodiyot

Boku shahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining yettinchi sammiti doirasida Turkiy tilli davlatlar biznes forumi ish boshladi.

Turkiy savdo palatasi tomonidan tashkil etilgan forumda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Turkiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Vengriyadan mas’ul vazirlik va idoralar, savdo-sanoat palatalari rahbarlari, Turkiy kengashga a’zo davlatlar ishbilarmon doiralarining 600 ga yaqin, jumladan, mamlakatimizdan 120 dan ortiq vakillari ishtirok etmoqda.
 
Dastlab joriy yil 5-oktabrda Toshkentda o‘tgan Turkiy tilli davlatlar ishbilarmonlar kengashi biznes forumi va O‘zbekistonning savdo-iqtisodiy salohiyatiga bag‘ishlangan videorolik taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 
 
Biznes forumda Turkiy kengashga a’zo mamlakatlar iqtisodiyot, investitsiya va savdo vazirlarining turkiy tilli davlatlarda savdo-iqtisodiy, ishbilarmonlik aloqalarini yanada rivojlantirish, savdo, sanoat va tadbirkorlik sohalarida ikki va ko‘p tomonlama sheriklikni mustahkamlash masalalari bo‘yicha ma’ruzalari tinglandi. Turkiy savdo palatasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi.
 
Turkiy savdo palatasi a’zo davlatlar o‘rtasida ko‘p tomonlama hamkorlikni, jumladan, savdo, investitsiya, transport, energetika, turizm, madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirishda Turkiy kengashga ko‘maklashuvchi samarali platforma ekanini ta’kidlandi. 
 
Bugungi kunda Turkiy savdo palatasiga Ozarbayjon, Turkiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston savdo-sanoat palatalari a’zo, Vengriya savdo-sanoat palatasi kuzatuvchi maqomiga ega. Joriy yil 5 oktabrda Toshkentda Turkiy tilli davlatlar ishbilarmonlar kengashi biznes forumida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasini Turkiy savdo palatasiga a’zo bo‘lib kirishi masalasi muhokama qilingan edi. 
 
Bokudagi biznes forumda mazkur masala yakuniy bosqichda ko‘rib chiqildi va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Turkiy savdo palatasiga a’zo bo‘lib kirishiga doir memorandum imzolandi. Shuningdek, Turkiy savdo palatasi faoliyatiga doir qator hujjatlar qabul qilindi.
 
Biznes forum davom etmoqda. Tadbir doirasida turkiy tilli davlatlar ishbilarmon doiralarining “B2B” shaklidagi uchrashuvlari ham bo‘lib o‘tadi. 
 
Boku, 14-oktabr. O‘zA maxsus muxbiri Matnazar Elmurodov xabar qiladi.

Поделиться