O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Saylovlarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar ishtirok etadi

2019-10-14 | Saylov

Joriy yilning 12-oktabr kuni Markaziy saylov komissiyasi tashabbusi bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovlarida fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar faoliyati masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Unda MSK a’zolari, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi xodimlari va OAV vakillari ishtirok etdi.

Seminar avvalida joriy yil 22-dekabrda bo‘lib o‘tadigan saylovlarni tashkiliy jihatdan yuqori saviyada, ochiq-oshkoralik tamoyillari asosida o‘tkazish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarga to‘xtalib o‘tildi. Ishtirokchilar “Yangi O‘zbekiston. Yangi saylovlar” shiori ostida o‘tkaziladigan siyosiy tadbirlarning eng ustuvor yo‘nalishlari xususan, Saylov kodeksi va undan o‘rin olgan 30 dan ortiq yangi normalarda o‘z ifodasini topgan ko‘plab o‘zgarishlarning mazmun mohiyati, saylov qonunchiligidagi yangiliklar haqida so‘z yuritdilar.

Bugun O‘zbekistonda mahalla nufuzi tobora ortib, uning mavqei mustahkamlanib boryapti.

Prezidentimizning 2017-yilda imzolagan “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Farmoni Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini oshirish, mahalla institutini aholiga eng yaqin va xalqchil tuzilmaga aylantirish, fuqarolar yig‘inlarining mushtarak manfaatlarini ifoda etadigan uyushmaga birlashish huquqlarini ro‘yobga chiqarish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirishga keng yo‘l ochdi.

Yangi saylov kodeksiga binoan 22-dekbarda bo‘lib o‘tajak saylovlarda o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan kuzatuvchilarning ishtirok etishiga ruxsat berilishi mahallaga bo‘lgan e’tiborning yanada kuchaytirilayotganidan dalolat.

Bugun esa, ushbu quyi boshqaruv organlari vakillari uyg‘un tamoyil—Parlament qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatligiga saylovlarda kuzatuvchi sifatida ishtirok etadilar. Bu saylovlarni ochiq va oshkora, demokratik printsiplarga mos o‘tishida muhim ahamiyatga ega.

Tadbirda ushbular e’tirof etildi va mahalladan saylovlarda qatnashadigan kuzatuvchilarga yangi qabul qilingan kodeksdagi o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, tadbirda xalqaro kuzatuvchilarning tafsiyalari asosida mamlakatimiz demokratik saylov tizimida ilk marotaba fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan ham kuzatuvchilar ishtirok etish mumkinligi alohida qayd etildi. Markaziy saylov komissiyasining “Siyosiy partiyalar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq mahalliy kuzatuvchilarga ham xalqaro tashkilotlar hamda xorijiy davlatlar kuzatuvchilari bilan teng huquq va majburiyatlar belgilanadi. Kuzatuvning maqsadi - saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda, shu jumladan saylov kuni ovoz berish va ovozlarni sanab chiqish jarayonlarida saylov qonunchiligiga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdan iborat.

Saylov komissiyalari kuzatuvchining mandati va shaxsini tasdiqlovchi hujjatiga asosan ro‘yxatga olgandan keyin unga o‘z vakolatlarini to‘laqonli hamda to‘sqinliksiz amalga oshirishi uchun sharoit yaratib beradi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli), uning o‘rinbosari, maslahatchisi, shuningdek fuqarolar yig‘ini organlarining boshqa mansabdor shaxslari kuzatuvchi bo‘lishlari mumkin. Manfaatdor tashkilotlar, jumladan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘z kuzatuvchilari to‘g‘risida okrug saylov komissiyalariga saylovga kamida 15 kun qolgunga qadar murojaat qilishi mumkin.

Okrug saylov komissiyasi siyosiy partiyaning va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining arizasini olgandan keyin besh kun ichida qaror qabul qiladi va kuzatuvchi uchun Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilangan namunadagi mandatni beradi. Kuzatuvchining vakolat muddati unga mandat berilgan kundan boshlanadi va saylov yakunlari rasman e’lon qilingan kuni tugaydi.

So‘z seminar Ishtirokchilariga:

- Mahalla hamjihatlik maskani. Insonlarning jamiyatdagi ijtimoiy faolligi, inson huquqlarining ustuvorligi, fuqarolarning jamiyat va davlat boshqaruvidagi faol ishtirok etishi ham o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan boshlanadi. 22-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovlarda bizning vakillarimizdan kuzatuvchilarning ishtirok etishi - bu ularda mamlakat taraqqiyotiga bo‘lgan daxldorlik hissini oshirish, mahallaga bo‘lgan yana bir ishonch namunasidir.

Seminarda ta’kidlanganidek, kuzatuvchi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Saylov kodeksiga, Markaziy saylov komissiyasining qarorlari va nizomlariga amal qilishi lozim.

Поделиться