O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekistonning oltita shahrida Orol dengizi muammolariga bagʻishlangan ekologik marafon boʻlib oʻtadi

2019-10-14 | Ekologiya

17-22-oktabr kunlari Oʻzbekistonda “Biz kelajak uchun javobgarmiz” shiori ostida birinchi marotaba “ARAL MARATHON” Xalqaro ekologik marafoni boʻlib oʻtadi.

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi xabarida qayd etilishicha, ushbu tadbir Orol dengizi muammolariga bagʻishlangan Xalqaro konferensiya arafasida, Oʻzbekistonning oltita shahri – Toshkent, Samarqand, Buxoro, Urganch, Nukus va Moʻynoqda tashkil etiladi.
 
Marafonning asosiy maqsadi – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deya eʼlon qilib, ushbu muammoning miqyosi haqiqatan ham global ekanligini koʻrsatishga doir tashabbusiga jamoatchilik eʼtiborini jalb qilishdan iborat.
 
Haftalik marafon dasturiga har bir bosqichda 5 kilometrlik yugurish, “Biz kelajak uchun javobgarmiz” (#RUNFORARAL) yangi ekologik shiorni targʻib qilish uchun oʻquv yurtlaridagi konsert dasturlari, mitinglar va yigʻilishlar kiradi.
 
22-oktabr kuni marafon finali Moʻynoq shahrida, Orol dengizi joylashgan joyda boʻlib oʻtadi. Ushbu tadbir har yili oʻtkazilishi rejalashtirilgan boʻlib, mintaqamizning ekologik muammolariga xalqaro hamjamiyatning qiziqishini kuchaytiradi. Oʻzbekiston Ekologik partiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport Vazirligi, Madaniyat Vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, MTRK, Mudofaa Vazirligi, Milliy gvardiya, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Yengil Atletika federatsiyasi, Oʻzbekiston Aeronavtika federatsiyasi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar marafon tashkilotchilari sanaladi. www.aralmarathon.uz

Поделиться