O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

IIV Axborot xizmati ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif etadi

2019-10-14 | Jamiyat

So’nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog’liq turli xildagi ma’lumotlar tarqalishi natijasida mazkur holatlar yuzasidan OAV vakillari va fuqarolarimizda bir qator savollar tug’ilmoqda.

Shu kabi holatlarga munosabat bildirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi tomonidan 2019-yil 17-oktabr kuni, soat 15:00da Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining anjumanlar zalida “Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinayotgan ichki ishlar organlari faoliyatiga taalluqli materiallarga huquqiy munosabat” mavzusida matbuot anjumani o’tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Unda Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Shaxrux Giyasov va vazirlikning bir qator mas’ul vakillari ishtirok etib, Sizni qiziqtirgan savollarga javob beradilar.  

Tadbirda qatnashmoqchi bo’lgan OAV vakillari va blogerlarni anjumanga taklif etamiz. Buning uchun Sizdan 16 oktyabr kuni soat 18:00ga qadar vazirlikning rasmiy elektron manzili (press@mvd.uz) orqali ro’yxatdan o’tishingizni so’raymiz.

Поделиться