O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“The Chance” respublika yoshlari forumi o‘tkazildi

2019-10-14 | Jamiyat

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida oliygohning mustaqil talabalar uyushmasi tomonidan “The Chance” respublika yoshlari forumi o‘tkazildi.

Forum yurtimizning turli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarni kelajak maqsadlar yo‘lida birlashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, unda bugungi kunda yoshlar uchun dolzarb bo‘lgan sakkiz yo‘nalish qamrab olindi.

Jumladan, yoshlar uchun biznes startap, muxtasarlik (minimalizm), axborot texnologiyalari, moddiy va ma’naviy yuksalish, kitob o‘qish va uqish san’ati, bestseller kitob yozish, ijtimoiy reklama va professional fotograflik, blogerlik, shaxs kamoloti va uni rivojlantirish kabi sho‘’balardan iborat.

Har bir yo‘nalishda forum ishtirokchilari o‘z sohasi bo‘yicha ma’lum yutuqlarni qo‘lga kiritgan, barchaga o‘rnak bo‘la oladigan ekspertlarning treninglarida qatnashishdi.

Forum yoshlarga o‘z iqtidorlarini namoyish etish, o‘zlarining kuchli jihatlarini aniqlash va kamchiliklari ustida ishlash IMKONini berdi.

Tadbir yakunida barcha ishtirokchilar maxsus sertifikat va bir olam taassurotlarga ega bo‘ldilar.

Поделиться