O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tirbandlikni bartaraf etish uchun xorijliklar taklif etildi

2019-10-14 | Jamiyat

Transport vazirligidan xabar berishlaricha, transportning barcha turlari va yo‘l xo‘jaligi rivojlanishi uchun muhim bo‘lgan “O‘zbekiston Respublikasi transport tizimini 2035 yilgacha rivojlantirish strategiyasi” ishlab chiqildi.

– Unda qaysi chorrahalarda tirbandlik yuz berayotgani, bu yo‘nalishlarda yangicha loyihalarni ko‘llash ham nazarda tutilgan, – deydi Transport vazirligi departament boshlig‘i Rustam Ro‘zmetov. – O‘rganish ishlariga xorijlik mutaxassislar jalb etildi. Ayni vaqtda sinov tariqasidagi ishlar Toshkent shahrida boshlandi. Keyinchalik boshqa yirik shaharlarimizda ham tirbandlikni bartaraf etishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Ana shunda tirbandlik muammosi bartaraf etiladi.
 
Hozirda aholini sifatli avtotransport xizmatlari bilan ta’minlash, qishloq aholi punktlarini shahar, viloyat va tuman markazlari bilan bog‘lash choralari ko‘rilmoqda. Xususan, joriy yilning o‘tgan davrida 74 yangi yo‘lovchi tashish avtomobil yo‘nalishi tashkil etildi. “Farg‘ona-Andijon”, “Farg‘ona-Namangan” va “Farg‘ona-Beshariq” shaharlararo yo‘nalishlari shular sirasidandir.
 
2019 yilning uchinchi va to‘rtinchi choragida 22 avtostansiya va avtovokzal qurish hamda rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan. Hozirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand va Namangan viloyatlarida qurilgan hamda Andijon va Namangan viloyatlaridagi avtovokzal rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi. Andijon, Buxoro, Sirdaryo, Qashqadaryo, Namangan, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida qurilish ishlari davom etmoqda.
 
Qayd etish joizki, yanvar-avgust oylarida avtomobil transporti, temir yo‘llari, havo yo‘llari va elektrotransportda 766,9 million tonnani yuk tashildi. Yo‘lovchi tashish hajmi esa – 3 milliard 982 million yo‘lovchini tashkil etdi. Tadbirkorlarga yaratib berilgan soliq va bojxona imtiyozlari natijasida tashuvchilar 609 avtobus, shundan 383 ta “Isuzu” rusumli va 226 ta “Yutong” rusumli avtobuslar xarid qildi.

Поделиться