O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

JCH-2022 SARALASH: Yaman ustidan qozonilgan gʻalaba Falastin magʻlubiyati yarasiga malham

2019-10-11 | Sport

Milliy terma jamoamizning sobiq va ayni paytda amaldagi bosh murabbiyi Vadim Abramov Kuper xatolarini toʻgʻriladi va gʻalaba qozondi.

Muxlislar ushbu oʻyinni ikki xil kayfiyatda kutishgani aniq. Birinchidan, milliy terma jamoa bilan bir yil davomida birga boʻlgan, koʻplab yigʻinlar oʻtkazgan va shuncha marotaba oʻrtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etgani bilan maydonda hech qanday uslub, usul, taktika oʻzgarmaganligi uchun bu holat yana davom etarmikan deya shubhalangan muxlislar boʻlgani kabi, termadagi yangi islohotlar samarasi oʻlaroq yangi bosh murabbiy Vadim Abramovning tajribasiga, ayniqsa, uning futbolchilarni ruhan tayyorlay olish qobiliyatiga ishonganlar koʻpchilikni tashkil etardi.
 
Uchrashuvning boshidanoq, jamoalar hali maydonga koʻnikib ulgurmasidan toʻp mehmonlar darvozasi toʻriga borib tushdi. Oʻng qanotdan Jamshid Iskandarov Hamdamovga chiroyli pas uzatdi, Dostonbekning oshirgan toʻpini esa Sanjar Qodirqulov toʻxtatmasdan darvozaga yoʻlladi. Ikkinchi toʻp ham koʻp kuttirmadi. Chap qanotdan Farrux Sayfiyevning havolatib oshirgan toʻpini Eldor Shomurodov boshi bilan Yaman darvozasini nishonga oldi - 2:0. Ikkinchi boʻlimdagi gollarni Jamshid Iskandarov boshlagan boʻlsa, Islom Toʻxtaxoʻjayev davom ettirdi, uchrashuvning soʻnggi daqiqalarida esa anchadan beri muxlislar mehrini qayta qozonishga intilayotgan Igor Sergeyev oʻyindagi yirik hisobga nuqta qoʻydi.
 
Yirik hisobning qayd etilishida yangi bosh murabbiyning ahamiyati katta boʻldimi yoki raqib yamanliklar haqiqatdan ham shunchalik kuchsizmidi, degan savolni oʻrtaga tashlashga shoshilmaymiz. Buning javoblarini keyingi oʻyinlardan izlaganimiz maʼqulroq.
 
OʻZBEKISTON – YAMAN — 5:0
 
10-oktyabr. “Paxtakor“ stadioni.
 
Hakamlar: Hanna Hattab, Muhammad Kazzaz (ikkalasi ham Suriyadan), Ayman Fayzal Hamze Obeidat (Iordaniya).
 
Oʻzbekiston: Eldor Suyunov, Farruh Sayfiyev (Ikrom Aliboyev, 74), Rustam Ashurmatov, Islom Toʻxtaxoʻjayev, Xojiakbar Alijonov, Sanjar Qodirqulov, Jamshid Iskandarov (Odil Ahmedov, 57), Jaloliddin Masharipov, Otabek Shukurov, Dostonbek Hamdamov, Eldor Shomurodov (Igor Sergeyev, 78).
 
Yaman: Salim Avad, Al Hamri, Al Radayei (Muhammad Salim, 85), Alayeddin Mahdi, Ahmad Al Sarori, Omar Al Dahi, Abdulvasea Al Matari, Ahmad Maher (Al Vorafi, 48), Nosir Al Gaxvashi, Mufed Jamol, Emad Mansur (Fuad Omar, 70).
 
Gollar: Sanjar Qodirqulov (2), Eldor Shomurodov (33), Jamshid
Iskandarov (53), Islom Toʻxtaxoʻjayev (72), Igor Sergeyev (90).
 
Ogohlantirish: Otabek Shukurov (75) - Al Vorafi (50).
 
Nazoratchi - Jassim Muhammad Al Hail (Qatar)
Komissar - Mei Chiat Si (Malayziya).

 

Oybek YUNUSOV, OʻzA

Поделиться