O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Fermer xo‘jaliklarining moliyaviy barqarorligini ta'minlash masalalari muhokamasiga doir yig‘ilish to‘g‘risida

2019-10-10 | Iqtisodiyot

Bugun, 10 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripov raisligida fermer xo‘jaliklarining moliyaviy barqarorligini ta'minlash masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi “G‘alla yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarining moliyaviy barqarorligini ta'minlash” masalasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasiga murojaat yo‘llagan edi.
 
Mazkur murojaat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida tashkil etilgan navbatdagi parlament eshituvida tegishli qaror qabul qilindi.
 
Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining mazkur qarori ijrosini ta'minlash masalasi ko‘rib chiqildi.
 
Yig‘ilish yakuni bo‘yicha mutasaddi vazirlik va idoralarga belgilangan muddatda ushbu hujjat ijrosini ta'minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Поделиться