O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Hukumat Moddiy madaniy meros obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqladi
2019-10-10 | Madaniyat
O'zbekiston Hukumati mamlakatimizning moddiy madaniy merosi bo’lgan ko'chmas mulk ob'ektlarining milliy ro'yxati tasdiqlanishiga doir qarorni (№846, 2019-yil 4-oktabr) qabul qildi.
Hujjat bilan mamlakatdagi moddiy madaniy meros ob'ektlarining soni belgilandi. O’zbekistonda jami 8208 ta ko'chmas mulk ob'ekti mavjud bo'lib, ulardan 4748 tasi - arxeologik yodgorliklar, 2250 tasi - me'moriy yodgorliklar, 678 tasi - monumental san'at yodgorliklari hamda 532 tasi diqqatga sazovor joylardir. Tarixiy, badiiy va boshqa madaniy boyliklarni saqlash maqsadida Milliy ro'yxatga kiritilgan ob'ektlar garov va ipoteka sifatida ishlatilishi mumkin emas, xususiy mulk bo'lgan moddiy madaniy meros ob'ektlari bundan mustasno. Mazkur qarorga ko'ra, madaniyat vaziriga ob'ektning nomi, davri va manzilini aniqlashtirish huquqi beriladi. Shuningdek, u Hukumatga milliy ro'yxatga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida takliflar kiritishi mumkin.
Qarorning toʻliq matni hamda moddiy madaniy meros obyektlari roʻyxati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.