O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Buxoroda faoliyatini to‘xtatgan 6 000 dan ortiq tadbirkorlik sub'yektlari o‘z bizneslarini qayta boshladi
2019-10-10 | Iqtisodiyot
Buxoro viloyatida tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash ularni qiynab kelayotgan masalalarni hal etish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, viloyatda haftaning dushanba, seshanba va chorshanba kunlari tadbirkorlar bilan ishlash kunlari deb belgilanib, shu kunlari joylarda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
E’tiborli tomoni amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida joriy yilning o‘tgan davrida faoliyatini to‘xtagan 6 000 dan ortiq tadbirkorlik sub'yektlariga yaqindan yordam berilishi natijasida ularning faoliyati qayta tiklandi.
Jumladan: 332 ta yuridik shaxs, 5 710 ta yakka tartibdagi tadbirkor o‘z biznesini boshladi
Ma’lumot o‘rnida aytish mumkin 2019-yil 1-sentabr holatida viloyatda tadbirkorlik subektlarining soni 52 900 dan ortdi.
Jumladan ularning 22 846 tasi yuridik shaxs, 30 060 tasi esa yakka tartibdagi tadbirkorlardir.