O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

GPE xalqaro tashkilotining Oʻzbekistondagi koordinatori “Taʼlim homiysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi

2019-10-09 | Ta’lim

Taʼlim sohasida global hamkorlik (Global Partnership in Education) xalqaro tashkilotining Oʻzbekistondagi koordinatori Xoa Tran Ringrouz taʼlim muassasalariga koʻrsatgan begʻaraz yordami uchun Xalq taʼlimi vazirligining “Taʼlim homiysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Joriy yilning 9-oktabr kuni Taʼlim sohasida global hamkorlik (Global Partnership in Education) tashkilotining Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo okrugiga kiruvchi mamlakatlarning birinchi mintaqaviy uchrashuvi doirasida Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov Xoa Tran Ringrouzga Oʻzbekistonda taʼlim sohasi rivojiga qoʻshgan hissasi uchun “Taʼlim homiysi” koʻkrak nishonini topshirdi.

Taʼkidlash lozimki, Global Partnership in Education 2013-2018-yillarda taʼlim sektori rejasini amalga oshirish uchun 49,9 mln. AQSH dollari miqdorida grant ajratgan boʻlib, ushbu hamkorlik doirasida 2019-2023-yillarda ham yurtimizda taʼlim sohasini rivojlantirish uchun $10 mln. AQSH dollari miqdorida mablagʻ ajratishni rejalashtirgan.

Eslatib oʻtamiz, Taʼlim sohasida global hamkorlik tashkiloti (GPE) 2002-yilda tashkil etilgan va uning asosiy maqsadi global hamda milliy darajada sifatli taʼlimga yoshlarni teng qamrab olishni taʼminlashdan iboratdir.

Поделиться