O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yaponiyaning dunyoga mashhur avtomobil audio tizimlariga ixtisoslashgan kompaniyasi O‘zbekiston bilan hamkorlik qiladi

2019-10-09 | Iqtisodiyot

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi hamda Yaponiyaning “JVCKENWOOD Corporation” kompaniyasi o‘rtasida kelishuv imzolandi. Mazkur bitim O‘zbekistonning turli vazirlik va idoralari rahbarlaridan iborat delegatsiya Yaponiya kompaniyalari bilan savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy hamkorlikni o‘rnatish borasidagi uchrashuvi doirasida o‘tkazildi.

Uyushma Yaponiya kompaniyasi vakillari uchun O‘zbekistonda elektrotexnika sanoatini rivojlantirish imkoniyatlari, xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratib berilayotgan qulay shart-sharoitlar va hamkorlik istiqbollari bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi.

O‘z navbatida Yaponiya tomon avtomobil audio tizimlarini ishlab chiqarishni tashkil etish borasida hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganishga qiziqish bildirdi.

Muzokaralar yakunida ushbu loyihani birgalikda ishlab chiqishni davom ettirishga qaror qilinib, shu munosabat bilan “JVCKENWOOD Corporation” vakillari hamkorlikning keyingi bosqichlarini muhokama qilish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurishlarini ma’lum qildilar.

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi boshqaruv raisi M.Yunusov va “JVCKENWOOD Corporation” kompaniyasining Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika mintaqalari bo‘yicha ijrochi vitse-prezidenti M.Imai o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston hududida turli xil yuqori texnologiyali elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkillashtirishda o‘zaro manfaatli hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.

Поделиться