O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Diqqat, tanlov!
2019-10-08 | Turizm
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” eng yaxshi videoroliklar tanlovi o‘tkazilayotgani haqida e’lon qiladi.
13-15-noyabr kunlari poytaxtda bo‘lib o‘tadigan “XXV Toshkent xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasi” doirasida O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi bilan birgalikda “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” mavzusidagi eng yaxshi videoroliklar tanlovi g‘oliblarini taqdirlaydi. Tanlovda ommaviy axborot vositalari vakillari va mustaqil ijodkorlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ishtirok etishlari mumkin:
1. «O‘zbekiston gastronomik turizmi» - 15 mln. so‘m;
2. «O‘zbekiston ekologik turizmi» - 15 mln. so‘m;
3. «O‘zbekiston MICE turizmi» - 15 mln. so‘m;
4. «O‘zbekiston ziyorat turizmi» - 15 mln. so‘m;
5. «O‘zbekiston tibbiyot turizmi» - 15 mln. so‘m;
6. «O‘zbekiston etnoturizmi» - 15 mln. so‘m;
7. «O‘zbekiston agroturizmi» - 15 mln. so‘m;
8. «Jamiyatdagi xatti-harakatlar madaniyati» - 15 mln. so‘m;
9. «O‘zbekiston hududlarining umumiyligi» - 15 mln. so‘m;
10. «O‘zbekistonda xavfsizlik» - 15 mln. so‘m;
Gran-pri sohibiga bosh sovrin - “Spark” avtomobili beriladi.
Tanlovda ishtirok etishni xohlovchilar o‘zlarining ijodiy ishlarni DVD-diskda HD formatda, ishtirokchilarning pasport nusxasi bilan birgalikda 2019-yilning 1-noyabriga qadar tashkiliy qo‘mitaga taqdim etishlari lozim. Hujjatlarni 700000 (indeks), Toshkent shahri, Hamid Olimjon maydoni, “Poytaxt” biznes kompleksi, G‘arbiy tomon 4-yo‘lak, 2-qavatga “O‘zbekiston pochtasi” orqali muhrlangan konvertda yoki shaxsan olib kelib berilishi lozim.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni (71) 237-28-33, (95)1932102 telefon raqamlaridan bilib olishingiz mumkin. Tanlov shartlari va tanlovda ishtirok etish uchun anketani shu yerdan yuklab olishingiz mumkin.