O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qardosh xalqning tasviriy sanʼati

2019-10-08 | Madaniyat

Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Oʻzbekistonda Qozogʻiston yiliga bagʻishlangan “Qozogʻiston tasviriy sanʼati” koʻrgazmasi ochildi.

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nuriddinov, Qozogʻistonning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Darxan Satibaldi, Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining oʻrinbosari Kamola Oqilova, Qozogʻiston Respublikasi rassomlar uyushmasi raisi Umirbek Jumaniyazov ikki qardosh xalq oʻrtasidagi doʻstlik rishtalari tobora mustahkamlanib borayotganini taʼkidladi. Bu kabi madaniy-maʼrifiy loyihalar esa ijodkorlarning oʻzaro fikr va tajriba almashishi, yangi-yangi asarlar bilan tanishish imkonini berishi, shubhasiz.
 
Qozogʻiston rassomlarining asarlarida ikki chizgi ustuvorligi koʻzga tashlanadi. Ulardan biri, yangi zamonaviy voqelikda milliy anʼanalarni anglashga intilish boʻlsa, ikkinchisi, bugun Qozogʻiston jamiyatini toʻlqinlantirayotgan masalalarning dolzarbligiga eʼtibor qaratishdir. Zero, birinchi yoʻnalish qozoq sanʼatida doim asosiy oʻrin tutgan boʻlsa, ikkinchi tendensiya soʻnggi yillarda badiiy maydonga chiqib, qozoq ustalari ijodida oʻz oʻrniga ega boʻlib bormoqda.
 
Koʻrgazma ekspozitsiyasidan Qozogʻistonning turli hududlari – Olmaota, Turkiston viloyati, Chimkent, Pavlodar, Oral va Qaragʻandadan 38 nafar qozoq rassomining 114 ta asari oʻrin oldi. Qozoqning qalbidek keng dashtu dalalar, bepoyon kengliklar, hayot, umr mazmuni, samimiy insoniy tuygʻular qardosh xalq rassomlari ijodida ustuvorlik kasb etgani bilan diqqatga sazovordir. Bu kabi koʻrgazmalar mamlakatlar oʻrtasidagi doʻstona aloqalarni mustahkamlashga va rassomlar ijodini yangi, qiziqarli gʻoyalar bilan boyitish, tajriba almashishga xizmat qiladi.
 
 

N.USMONOVA, Temur MAMADAMINOV (surat), OʻzA

Поделиться