O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

IT-Parkning yangi hamkori – Sturgeon Capital LTD

2019-10-07 | Texnologiyalar

IT-Park “Sturgeon Capital LTD” (Buyuk Britaniya) investitsiya fondi bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatdi.

Sturgeon Capital – Markaziy Osiyo va Kavkazdagi Yangi Ipak yoʻli mintaqasiga investitsiya kiritishda 10 yildan ortiq tajribaga ega boʻlgan Britaniyaning investitsion kompaniyasidir.

Uchrashuvda tomonlar Oʻzbekistondagi texnologik ekotizim, startap-segmentlar va venchur moliyalashtirishni rivojlantirish, xususan:

  • qoʻshma moliyalashtirish modelini va aniq startap loyihalariga investitsiya kiritish imkoniyatlarini aniqlash, baholash va kelishish jarayonini ishlab chiqish;
  • startap loyihalarni moliyalashtirish yoki hamkorlikda moliyalashtirish;
  • mintaqada xususiy investitsiyalar oʻsishini ragʻbatlantirish uchun xatarlarni kamaytirish boʻyicha moliyaviy vositalarni ishlab chiqish;
  • dasturlarda qatnashish va / yoki venchur moliyalashtirish boʻyicha eng yaxshi tashabbuslar va usullar bilan almashish;
  • Oʻzbekistonning startap ekotizimiga qiziqqan xorijiy venchur kapital fondlariga maslahat berish boʻyicha hamkorlik qilish va aloqalarni davom ettirish istagini bildirdilar.

Поделиться