O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonda fotoelektr stantsiyasi qurilishiga investorni aniqlash bo‘yicha mamlakatda ilk bor o‘tkazilgan tender g‘olibi e’lon qilindi

2019-10-07 | Iqtisodiyot

Toshkent, O‘zbekiston, 4-oktabr 2019-yil. O‘zbekiston o‘ziga xos zamin yaratmoqda: mamlakat tarixida ilk bor quyosh energetikasiga davlat-xususiy sheriklik asosida sarmoyalarni jalb qilish bo‘yicha o‘tkazilgan ochiq tenderning birinchi g‘olibi e’lon qilindi. Bu nafaqat xususiy sektorga yo‘naltiriladigan insvestitsiyalar uchun yangi imkoniyatlar ochadi, balki qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha maqsadlarga erishishga yordam beradi. Jahon banki guruhining ScalingSolar dasturi doirasida davlat-xususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishi mamlakatning energetika balansiga 100 MVt qayta tiklanuvchi sof energiya qo‘shilishini ta’minlaydi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari, tender komissiyasi raisi Shuhrat Vafoyev Navoiy viloyatida fotoelektr stantsiyasini loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish va ishga tushirish bo‘yicha ScalingSolar dasturi doirasidagi tender g‘olibini e’lon qildi. BAAning Masdar Clean Energy kompaniyasi tender g‘olibi bo‘ldi. Ushbu kompaniya quyosh energiyasini kilovatt-soatiga atigi 2,679 sentga yetkazib berish taklifi bilan chiqdi, bu rivojlanayotgan bozorlardagi eng past tariflardan biridir.

“Loyiha O‘zbekiston hukumatining mamlakat eneregetika balansini diversifikatsiyalash maqsadida 2030-yilga qadar 5 gigavattgacha quyosh energiyasi ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan sa’y-harakatlarining bir qismi hisoblanadi”, - dedi Sh.Vafoyev. “Ishonamizki, ochiq va raqobatbardosh tender o‘tkazish bilan biz xususiy investorlardan elektr energiyasi uchun raqobatbardosh narxlarga ega bo‘lamiz, bu esa mamlakatda quyosh energiyasiga bo‘lgan ta’riflar uchun mo‘ljalni olishimizga yordam beradi”.

Tender g‘olibi e’lon qilinganidan so‘ng matbuot anjumanida bosh vazir o‘rinbosari, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov birinchi tenderning muvaffaqiyatli natijalarini inobatga olgan holda, O‘zbekiston hukumati yaqin vaqt ichida qo‘shimcha 400 MVt quyosh energiyasi uchun DXSh bo‘yicha yana bir tender va undan keyin 500 MVt uchun tender o‘tkazilishini e’lon qildi.

"Pilot loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirilgandan so‘ng, O‘zbekistonda zarur tajriba to‘plangan va quyosh energiyasini rivojlantirish dasturining navbatdagi bosqichini tezda boshlash uchun kadrlar salohiyati yaratilgan", dedi DXSh ni rivojlantirish agentligi rahbari G‘olib Xoljigitov. - O‘zbekiston iqtisodiyoti jadal sur’atlar bilan o‘sib bormoqda va 2030-yilga kelib energiyaga talab 50 foizga oshishi kutilmoqda, shuning uchun qayta tiklanadigan energiya manbalari uning katta qismini tashkil etishi muhim hisoblanadi".

Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) kelishuvlar bo‘yicha maslahatchi sifatida DXSh tenderini ishlab chiqish va o‘tkazishda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Energetika vazirligiga yordam berdi, unga dastlabki bosqichdan o‘tgan 11 ta talabgor jalb etildi, natijada 5 ta tanlov arizasi kelib tushdi. Xususiy sarmoyadorlar qiziqishining ortishi energetika sohasi an’anaviy ravishda davlat tomonidan nazorat qilinadigan mamlakatda yangi imkoniyatlarni ochadi.

"Biz mamlakatdagi birinchi ochiq davlat-xususiy sheriklik tenderi orqali O‘zbekistonda quyosh energetikasi uchun yangi bozorlarni ochayotganimizdan faxrlanamiz", dedi Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha IFC direktori Vibke Shlyomer. - Mazkur DXSh loyihasining muvaffaqiyati kelgusida xususiy sektorning mamlakat iqtisodiyotida ishtirok etishiga zamin yaratadi va jahon investitsiyaviy hamjamiyatiga ijobiy signal yo‘llaydi".

Dastur Avstriya Moliya vazirligi va Shveytsariyaning Iqtisodiy aloqalar bo‘yicha davlat kotibiyati (SECO) hamda Niderlandiya hukumati qo‘llab-quvvatlovi bilan amalga oshiriladi.

Поделиться