O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Madaniyat va san’at xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan rag‘batlantirildi

2019-10-04 | Madaniyat

Bugungi kunda mamlakatimizda madaniyat va san’at sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tibor barchani birdek quvontirayotgani sir emas. Bu borada Hukumatimiz tomonidan kun sayin yangi-yangi qonun hujjatlari - qaror va farmonlar, turli dasturlar hamda strategik rejalar ishlab chiqilib amaliyotga tatbiq etilmoqda va u har jabhada o‘z natijasini ko‘rsatmoqda.

Shu ma’noda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-maydagi PQ-3022-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekistonda madaniyat va san’at sohasini takomillashtirish bo‘yicha 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-apreldagi “Milliy madaniyatimiz rivojiga katta hissa qo‘shgan san’atkorlarni hamda o‘zbek san’atini dunyo sahnalarida muvaffaqiyatli namoyish etib kelayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 271-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 4-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligida Milliy madaniyatimiz rivojiga katta hissa qo‘shgan san’atkorlarni hamda o‘zbek san’atini dunyo sahnalarida muvaffaqiyatli namoyish etib kelayotgan yoshlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan rag‘batlantirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Taqdirlash uchun nomzodlarni saralab olish jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-apreldagi 271-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan uch bosqichda bo‘lib o‘tdi.

Yakuniy xulosaga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridan kompozitorlar, bastakorlar va san’atshunoslar, teatr, kino va ommaviy tadbirlar aktyorlari, rejissyorlari, dirijyorlar, baletmeysterlar, musiqa, xor, raqs, sirk, orkestr, ansambl ijrochilari va ushbu jamoalarning badiiy rahbarlari, doston ijrochiligi namoyandalari, shoir va yozuvchilar, muzey hamda moddiy va nomoddiy madaniy meros ob'yektlarini muhofaza qilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar, tasviriy va amaliy san’at vakillaridan jami 20 nafari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan rag‘batlantirildi.

Ularga eng kam oylik ish haqining 50 barobaridagi pul mukofotlari, gullar hamda sertifikat taqdim etildi.

Marosim so‘ngida Prezident nomidan rag‘batlantirilgan san’at va madaniyat vakillari bu kabi e’tibor va e’tirofdan behad mamnun ekanliklarini bildirib, ushbu mukofot ularga yanada kuch-g‘ayrat bag‘ishlashi hamda mas’uliyat yuklashini alohida qayd etishdi. Tadbir barcha yig‘ilganlarda iliq va samimiy taassurot qoldirdi. Ayniqsa, marosimga tashrif buyurgan yoshlarda havas va ertangi kunga ishonch tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan rag‘batlantirilgan madaniyat va san’at xodimlari
RO‘YXATI

1.  Aytbagambetova Aybatsha Bekberdiovna  - Sirdaryo viloyati Guliston shahar “Sayqal” madaniyat markazi badiiy rahbari
2.  Allaniyazov Bahadir Kutlimuratovich - Qoraqalpog‘iston Kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi mas’ul kotibi
3.  Artiqova Dilnoza Ilxombayevna -  O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Xorazm viloyati bo‘linmasi raqqosasi
4.  Ziyamuxamedova Yodgor Saidjonovna -  O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrining oliy toifali artisti
5.  Ixtiyarova Maryam - Muqimiy nomidagi o‘zbek davlat musiqiy teatri yetakchi  sahna ustasi
6.  Murodimov Tirkashboy -  Samarqand viloyati Payariq tumani 
28-son Bolalar musiqa va san’at maktabi o‘qituvchisi
7.  Musurmonov Rustam Ravshanovich  - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xalqaro adabiy aloqalar va badiiy tarjima bo‘limi boshlig‘i
8.  Nasriddinov Xayrullo -  Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri drama aktyorligi bo‘yicha sahna ustasi
9.  Orinov Odiljon Ikromovich - O‘zbekiston Davlat filarmoniyasi Jizzax viloyati bo‘linmasi direktori
10.  Raimbekova Nazima Islamovna - O‘zbekiston davlat drama teatri 1-toifali drama artisti
11.  Rasulova Karima - Namangan viloyati musiqali drama teatrining vokal artisti
12.  Sobirov Obloberdi Navro‘zovich - Jondor tuman madaniyat  markazi “E’tiqod” xalq teatri musiqa rahbari
13.  Tashkenbayev Asral Goziboyevich - O‘zbekiston davlat satira teatri oliy toifali drama artisti
14.  Turayev Isok Latipovich -  Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri bosh rejissyori
15.  Maxmudov Avazbek Sultonovich - Andijon davlat universiteti musiqa ta’limi kafedrasi kontsertmeysteri
16.  Xodjayeva Dildorxon Nurmatxonovna - Namangan viloyati ixtisoslashtirilgan san’at maktabi xalq raqsi kafedrasi mudiri
17.  Shukurov Jaxongir Djurakulovich - O‘zbekiston davlat konservatoriyasi “Bastakorlik va cholg‘ulashtirish” kafedrasi  dotsenti v.b.
18.  Ergashev Botirjon Yuldashevich - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyati hududiy bo‘limi bosh mutaxassisi
19.  Yanov-Yanovskaya Natalya Solomonovna - Nafaqada, musiqashunos olim
20.  Hojiyeva Oydin - Nafaqada, erkin ijodkor

Поделиться