O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yaponiyaning iqtisodiyot, savdo va sanoat bo‘yicha davlat vaziri X.Makixara bilan uchrashuv

2019-10-04 | Iqtisodiyot

2-oktabr kuni respublika hukumati delegatsiyasining tashrifi doirasida Yaponiyaning iqtisodiyot, savdo va sanoat bo‘yicha davlat vaziri X.Makixara bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy va moliyaviy sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning keng ko‘lamli masalalari muhokama qilindi.

Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Yaponiya va Yaponiya-O‘zbekiston qo‘mitalari faoliyatining roli ta’kidlandi: yaqinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarning natijalari atroflicha tahlil qilinib, erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha harakatlar muvofiqlashtirildi, shuningdek, hukumatlararo o‘zaro munosabatlarni tizimli ta’minlash uchun ushbu tuzilmalar formatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Muhokama davomida tovar aylanmasi hajmlarini oshirish chora-tadbirlariga alohida e’tibor qaratildi va shu munosabat bilan savdoni tarif va notarif tartibga solishni optimallashtirish, mahsulotlarni standartlashtirish, sertifikatlash va targ‘ib qilish sohasidagi hamkorlik o‘rganildi.

Ushbu kontekstda Yaponiya tarafi o‘z bozorida O‘zbekistonlik qishloq xo‘jaligi va to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga, yapon standartlariga moslashtirishni hisobga olgan holda, qulay shart-sharoitlar yaratishga tayyorligini bildirdi.

Muloqot yakunida erishilgan kelishuvlarni aniq amalga oshirish bo‘yicha idoralararo qo‘shma harakatlar rejasi tuzildi.

Поделиться