O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Koreya Respublikasida Maktabgacha ta’lim vaziri A.Shinning Xalqaro hamkorlik bo‘yicha agentlik (KOICA) rahbariyati bilan rasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

2019-10-03 | Ta’lim

Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish masalalarida hamkorlik doirasida, vazir Agrippina Shin boshchiligidagi MTV delegatsiyasi 23-27-sentabr kunlari koreys tomoni taklifiga ko‘ra Koreya Respublikasida rasmiy tashrif bilan bo‘ldi.

Tashrif davomida KOICA rahbariyati bilan maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishni davom ettirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama etildi. Uchrashuv davomida, o‘zbek tomoni KOICA moliyaviy va texnik ko‘magida O‘zbekistonda qator loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilayotganini ta’kidladi. Maktabgacha ta’lim tizimiga innovatsiyalar, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq qilish, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, tanlash va rivojlantirishga yangi yondashuvlar shular jumlasidandir. Ayni vaqtda, maktabgacha ta’limni rivojlantirish, unga innovatsion texnologiyalarni tadbiq etish maqsadida innovatsion MTT hamda Koreya Respublikasi zamonaviy tajribasi asosida mutaxassislarni qayta tayyorlovchi o‘quv Markazi tashkil etish loyihalari ustida ish olib borilmoqda.

* * *

MTV delegatsiyasi mutaxassislar almashish volontyorlik(ko‘ngillilar) dasturlari, shuningdek maktabgacha ta’lim mutaxassislari uchun Koreya Respublikasida o‘quv kurslari va treninglar tashkil etish masalalariga katta qiziqish bildirdi.

KOICA vitse-prezidenti, professor Pak Jey Shin, vazirlik va agentlik o‘rtasidagi hamkorlikni yuqori baholadi hamda ushbu hamkorlikni kelgusida ham qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi. Loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida joriy yil oktyabr oyida maktabgacha talim tizimining holatini o‘rganish va tanishish maqsadida KOICAning baholash missiyasi O‘zbekistonga tashrif buyuradi.

Поделиться