O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Sumitimo Mitsui Banking Corporation (SMBC) rahbari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2019-10-03 | Texnologiyalar
2019-yilning 3-oktabr kuni Yaponiya poytaxti Tokio shahrida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov, Yaponiyaning Sumitimo Mitsui Banking Corporation (SMBC) kompaniyasi rahbari Nobuyuki Kavabata bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvdan asosiy maqsad Yaponiyaning yirik kompaniyalari bilan yangi investitsiya loyihalarini muhokama qilish va hamkorlik ishlarini yanada kengaytirishga qaratilgan.
Tomonlar axborot texnologiyalari sohasida Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha saʼy-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining Yaponiyadagi tashrifi 2019 yil 5 oktyabrgacha davom etadi.