O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Biznes-forum: hamkorlik, istiqbol va samara

2019-10-03 | Iqtisodiyot

Namanganda 1-2-oktabr kunlari Namangan viloyati va Saudiya Arabistoni ishbilarmon doiralari ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tdi.

Saudiya Arabistoni Bosh investitsiya boshqarmasi boshlig‘i Badir Muhammad Almufgay boshchiligidagi “Ajlan & Bros Holding Group”, “Awad Group”, “ELM”, “Al Shanawani”, “Gulf Pioneers” kabi o‘ndan ziyod yirik kompaniyalar rahbarlari hamda Saudiya Arabistoni Moliya, Savdo va investitsiyalar hamda Atrof-muhit, suv resurslari va qishloq xo‘jaligi vazirliklarining yuqori martabali vakillaridan iborat arab delegatsiyasi Namanganga keldi.
 
Tashrifning birinchi kunida delegatsiya a’zolari viloyatdagi bir qator qishloq xo‘jaligi, yengil sanoat va xizmat ko‘rsatish korxonalarida bo‘lib, mazkur ob’ektlar faoliyati, erishayotgan natijalari misolida uning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati, chet el sarmoyasini kiritish uchun mavjud imkoniyat va sharoitlar bilan bevosita tanishdi.
 
Forumning asosiy tadbirlari To‘raqo‘rg‘on tumani madaniyat saroyida bo‘lib o‘tdi. Anjuman avvalida mehmonlar madaniyat saroyi foyesida “Namanganda ishlab chiqarilgan” nomi ostida tashkil etilgan sanoat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishib, mahalliy tadbirkor va ishbilarmonlar bilan muloqotda bo‘ldi.
 
Biznes-forum avvalida viloyat hokimi X.Bozorov xorijlik mehmonlarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning mazmun-mohiyati, jumladan, chet el sarmoyadorlari uchun yaratilayotgan qulay investitsiya muhiti, xorijiy investitsiya jalb qilish borasida viloyatda erishilayotgan natijalar hamda viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy resurslari haqida batafsil ma’lumot berdi.
 
– Qulay investitsiya muhitini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samarasini quyidagi raqamlarda ham ko‘rish mumkin, – dedi X.Bozorov. – Viloyatimizga 2017 yilda 7 million dollar chet el sarmoyasi kiritilgan bo‘lsa, bu raqam o‘tgan yili 74 million dollarni tashkil etdi. Joriy yilning 9 oyida esa bu ko‘rsatkich 200 million dollardan oshdi. Keyingi yillarda jami 1 milliard 100 million dollardan ziyod chet el sarmoyasi kiritilib, o‘nlab yirik loyihalar amalga oshirildi.
 
– Ushbu forum O‘zbekistonda ochiq iqtisodiy siyosat olib borilayotganining yorqin ifodasidir, – dedi Saudiya Arabistoni Bosh investitsiya boshqarmasi boshlig‘i Badir Muhammad Almufgay. – Biz bu anjumanda har ikki tomon uchun manfaatli bo‘lgan ko‘plab shartnomalar imzolanishiga hamda O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar kengayishiga ishonamiz.
 
Forum doirasida Namangan viloyati va Saudiya Arabistoni ishbilarmonlari o‘rtasida B2B va B2G formatida bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakuniga ko‘ra, arab ishbilarmonlari bilan qator investitsiya shartnomalari va kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda.
 
Mehmonlar anjumandan so‘ng Ibrat xotira-me’morial majmuasi, Sulton Uvays Qaroniy ziyoratgohini ziyorat qildi.
 

Akromjon SATTOROV, Hotam MAMADALIV (surat), OʻzA

Поделиться