O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Butunjahon banki bilan hamkorlikda 500 million dollarlik loyiha ishga tushiriladi
2019-10-03 | Iqtisodiyot
2019-yil 28-sentabr O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Butunjahon banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Butunjahon banki qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha katta iqtisodchisi Sergey Zorya, ijtimoiy himoya bo‘yicha mutaxassis Marina Novikova hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muxitdinov boshchiligidagi vazirlik mas’ullari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida Sergey Zorya Farg‘ona viloyatida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha ishga tushirilgan 200 million dollarlik loyiha, shuningdek, kredit tarmog‘i bo‘yicha 150 million dollarga mo‘ljallanayotgan 2 ta loyiha istiqbollari xususida to‘xtalib o‘tdi. O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasi joriy etilishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Butunjahon banki tomonidan 500 million dollarlik loyiha ishga tushirilishi alohida qayd etildi. Mazkur loyihaning birinchi komponenti meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha 55 ta ixtisoslashtirilgan tuman xarajatlarini qoplasa, ikkinchi komponenti kredit tarmog‘i bo‘yicha intensiv bog‘dorchilikni rivojlantirishga qaratiladi. Shunga muvofiq, Buxoro va Xorazmda ikkita markaz qurilishi rejalashtirilgan.
Uchrashuv yakuni bo‘yicha tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olishga kelishdi.