O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Energetika vazirligi IFC bilan quyosh energetikasi sohasida hamkorlik qilmoqda

2019-10-03 | Texnologiyalar

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligida Xalqaro moliyaviy korporatsiyasi (IFC) bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda «Scalingsolar» fotoelektr stantsiyasi qurilishi masalasi muhokama qilindi.

Shu yilning 30-sentabrida o‘tkazilgan ushbu uchrashuvda IFC delegatsiyasiga Xalqaro moliyaviy korporatsiyaning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori Vibke Shlyomer boshchilik qildi.

Muzokaralar jarayonida «Scaling Solar» dasturi doirasida davlat-xususiy sheriklik (DXSh) asosida fotoelektr stantsiyalar (quyoshli) qurilishi bo‘yicha joriy tender savdosi xususida so‘z bordi.

Unda yana elektr energetika sohasi bo‘yicha DXSh asosida amalga oshirilishi rejalashtirilgan boshqa istiqbolli loyihalar ham tahlil etildi.

Ta’kidlash kerakki, shu yilning may oyida O‘zbekiston Respublikasining “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida”gi va “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonunlari qabul qilindi. Bu orqali qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QEM) sohasidagi loyihalarning amalga oshirilishini jadallashtirish bo‘yicha me’yoriy-huquqiy asos yaratildi.

Ushbu qonunlarning qabul qilinishi Energetika vazirligiga QEM sohasida davlat-xususiy sheriklik asosida investitsion loyihalarning amalga oshirilishiga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar kompleksini rejalashtirish va amalga oshirish imkonini beradi.

O‘zbekiston Respublikasining “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunida QEM qurilmalari ishlab chiqaruvchilari va QEM dan energiya ishlab chiqaruvchilari, shuningdek, turar joylarda QEM dan foydalanuvchi jismoniy shaxslar uchun bir qator imtiyozlar va afzalliklar ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, Energetika vazirligi tomonidan 2019-2023-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha kontseptsiya ishlab chiqilgan.

Bundan tashqari, QEM ni rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli maqsadli parametrlar 2020-2030 yillarda mamlakatning yoqilg‘i-energetik ta’minoti kontseptsiyasida ham ko‘zda tutilgan bo‘lib, u xalqaro moliya institutlarining (Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki) texnik ko‘magida ishlab chiqilmoqda. 

Shu bilan birga, xalqaro maslahatchi - MottMacDonald (Buyuk Britaniya) bilan hamkorlikda O‘zbekistonda elektr energetika sektorini, shu jumladan, QEM ni uzoq muddatli rivojlantirish bo‘yicha bosh reja (MasterPlan) ishlab chiqilayotgani ham ana shunday sa’y-harakatlar bilan bog‘liqdir.

Поделиться