O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Energetika vazirligida Saudiya Arabistoni delegatsiyasi bilan uchrashuv

2019-10-03 | Iqtisodiyot

Shu yilning 30-sentabrida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligida Saudiya Arabistoni delegatsiyasi bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Xorijiy tomon delegatsiyasiga Saudiya Arabistoni Qirolligi Hukumatining Xalqaro bitimlar va investitsiyalar bo‘yicha bosh boshqarmasi direktori Badromal Mavgan boshchilik qildi.

Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston Respublikasi bilan Saudiya Arabistoni Qirolligi o‘rtasida energetika sohasidagi salohiyatli hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildi.

Shunindek, unda O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi va O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi rahbariyatining a’zolari ham ishtirok etdi.

Uchrashuv Saudiya Arabistoni ishbilarmon doiralari vakillari tashrifi doirasida tashkil etildi.

Shuni qayd etish joizki, ushbu tashrifdan avval O‘zbekistonning elchisi Ulug‘bek Maqsudov «GSS MEA Ltd» va «Advanced Inspection Services Cooperation» kompaniyalari Direktorlar kengashi a’zosi Hasan al Salim bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

«GSS MEA Ltd.» Yaqin Sharqdagi yirik kompaniyalardan biri bo‘lib, u energetika bozorida ko‘p yillik tajribaga ega va sanoat ko‘lamida quyosh fotoelektr stantsiyalarini qurish bo‘yicha murakkab loyihalarni amalga oshirishga qodir. «Advanced Inspection Services Co.» (AIS) - sanoat inspektsion kompaniyasi esa yuqori sifatli xizmatlarni ko‘rsatishga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish nazoratini amalga oshiradi.

Suhbat davomida tomonlar O‘zbekistonda energetika sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun ushbu kompaniyalarning investitsiyalarini jalb qilish masalalarini muhokama qildi. Navoiy viloyatida davlat-xususiy sherikligi shartlari asosida umumiy quvvati 100 MVt bo‘lgan quyoshli fotoelektr stantsiyasini (FES) qurish uchun xususiy sherikni topish bo‘yicha o‘tkazilayotgan tanlov savdolari delegatsiyasining alohida qiziqishini uyg‘otdi. Ushbu loyiha O‘zbekistonda FES ni rivojlantirish 100 mln. dollardan ortiq investitsiyalarni jalb qilishga mo‘ljallangan.

Поделиться