O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yaponiya Elchisi bilan uchrashuv

2019-10-02 | Siyosat

2019-yil 2-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Yaponiyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Yoshinori Fujiyama bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Yaponiya hamkorligi, ayniqsa turizm va ta’lim sohalaridagi aloqalarni kengaytirish borasidagi ikki mamlakat sa’y-harakatlari muhokama qilindi.

Elchi Yoshinori Fujiyama Yaponiyadan turistlar oqimini kengaytirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlardan foydalanish zarurligi haqidagi O‘zbekiston tomonining fikrini qo‘llab-quvvatladi.

Yaponiya tomoniga O‘zbekistonning Afg‘onistondagi tinch siyosiy jarayonga ko‘maklashish borasidagi sa’y-harakatlari, shuningdek, ushbu mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini tiklashni asosiy maqsad qilgan turli iqtisodiy loyihalar amalga oshirilayotgani to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Uchrashuvda Afg‘onistondagi vaziyat va xalqaro hamjamiyatning mojaroni hal qilish va mamlakatda uzoq muddatli tinchlikni o‘rnatish borasidagi sa’y-harakatlari to‘g‘risida fikr almashildi.

Поделиться