O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida ishchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2019-10-02 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 30-sentabr kuni investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida videokonferentsiya shaklida ishchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, unda vazir o‘rinbosarlari, tarkibiy hamda vazirlikning viloyatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahridagi hududiy bo‘linmalarining rahbarlari ishtirok etdilar.

Kun tartibida ishchi guruhining Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlariga tashrifi yakunlari muhokama qilindi. To‘plangan ma’lumotlar, investorlar va eksportchilar bilan ishlash natijalari tahlil qilindi, ularning asosida mas’ul xodimlarga aloqador vazirliklar, idoralar va tijorat banklarining harakatlarini muvofiqlashtirib tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni o‘rganish va hal etish maqsadida joylardagi ishlarni davom ettirish topshirildi.

Shuningdek, Toshkent viloyatining Piskent tumanini mahallalar va korxonalar kesimida kompleks rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlarning bajarilishi, tadbirkorlikni rag‘batlantirish, eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va istiqbolli investitsiya takliflarini jalb qilingan moliyalashtirish manbalariga bog‘lagan holda ishlab chiqilishi muxokama qilindi.

Alohida, hududiy bo‘linmalar rahbarlari bilan 9 oy yakuni bo‘yicha investitsiyalarni jalb qilish va o‘zlashtirish va eksport prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishi ko‘rib chiqildi. Respublika bo‘yicha investitsiya va tashqi savdo faoliyatini faollashtirishning makroiqtisodiy ahamiyatini hisobga olgan holda, belgilangan parametrlarni so‘zsiz bajarilishi zarurligi yana bir bor ta’kidlandi.

Yig‘ilish natijasida mas’ul rahbar va xodimlarga qo‘yilgan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq topshiriqlar va ko‘rsatmalar berildi.

Поделиться