O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

«RUSSIA OPEN – 2019»: Mudofaa vazirligi sport klubi a’zosi maxsus mukofot bilan taqdirlandi

2019-10-02 | Sport

Moskva shahrida taekvondo (WTF) bo‘yicha «Russia Open – 2019» xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Unda qatnashgan yurtimiz vakillarining qariyb teng yarmi sovrindor bo‘ldi, jumladan MVSK (Mudofaa vazirligi sport klubi) a’zolari ham.

Taekvondochilar 16 ta vazn toifasida g‘oliblik uchun kurash olib borgan «Russia Open – 2019» xalqaro xalqaro turnirida yurtimizning 15 nafar vakili qatnashdi va 8 nafari shohsupaga ko‘tarildi. Ayniqsa, xalqaro turnirning birinchi kungi bellashuvlari vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli kechdi – dayanga chiqqan 7 nafar taekvondochimizning 4 nafari o‘z vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Deyarli barcha xalqaro turnirlarda sovrindor bo‘lib kelayotgan MVSK vakili Nigora Tursunqulova (-67 kg) hamda terma jamoamiz a’zosi Svetlana Osipovaning (+73 kg) Moskva xalqaro turnirida ham shohsupaga ko‘tarilishini yurtimiz taekvondo muxlislari oldindan kutishgan, taxmin qilishgandi. Ammo Feruza Sodiqova (-62 kg) va MVSK a’zosi Jasurbek Jaysunovning (-68 kg) turnirda g‘olib chiqishi biroz kutilmagan va quvonarli hol bo‘ldi. Yana shuni ta’kidlash joiz, erkaklar o‘rtasidagi 68 kilogrammgacha vazn toifasidagi bellashuvlarda uch nafar taekvondochimiz dayanga chiqib, yurtimiz sport sharafini himoya qildi. Jasurbek jamoadoshlari Ulug‘bek Rashitov (MVSK) va Sardor Toirovga nisbatan yaxshiroq tayyorgarlikka ega ekanligini xalqaro turnirda namoyish etdi.

Muhimi, taekvondochilarimiz oltin medaldan tashqari kelasi yili Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlari yo‘llanmasi uchun qimmatli reyting ochkolariga ham ega bo‘lishdi, ya’ni to‘rt sportchimizning har biriga 10 reyting ochkosi berildi.

Turnirning ikkinchi kuni yana 8 nafar taekvondochimiz dayanga chiqdi va yana 4 nafari shohsupaga ko‘tarildi. MVSK a’zosi Nikita Rafalovich 80 kilogrammgacha vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Hamyurtlarimiz Charos Qayumova (-53 kg) hamda Ozoda Sobirjonova (-57 kg) faqat finalda raqiblariga imkoniyatni boy berib qo‘yishdi va xalqaro turnirning kumush medali bilan taqdirlanishdi. 57 kilogrammgacha vazn toifasidagi taekvondochilar o‘rtasidagi bahslarda hamyurtimiz Zariya Qosimova ham qatnashgandi. Biroq, bu safar uning omadi yurishmadi.

Shu tariqa, taekvondochilarimiz «Russia Open – 2019» xalqaro turnirining 5 ta oltin, 2 ta kumush va bitta bronza, jami 8 ta medallarini qo‘lga kiritishdi. MVSK a’zosi Nigora Tursunqulova esa qizlar o‘rtasidagi musobaqaning «eng tajovuzkor jangchi»si nomiga sazovor bo‘lib, maxsus mukofot bilan taqdirlandi.

Поделиться