O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xitoy Xalq Respublikasi tijorat vazirining o‘rinbosari Yuy Szyanxua bilan uchrashuv
2019-09-30 | Iqtisodiyot
Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlar tashqi iqtisodiy va tashqi savdo faoliyati uchun mas’ul vazirlarning 18-yig‘ilishi doirasida Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Xitoy Xalq Respublikasi tijorat vazirining o‘rinbosari Yuy Szyanxua bilan uchrashuv o‘tkazilib, qator yo‘nalishlardagi, shu jumladan, investitsiya, savdo, transport va kommunikatsiyalar yo‘nalishlarida hamkorlik dinamikasi monitoring qilindi.
Xususan, davlatlar o‘rtasidagi qiymatni tashkil etish zanjirini rag‘batlantirish orqali erishish mumkin bo‘lgan, tashqi bozorlarga yo‘naltirilgan keng turdagi mahsulotlarni birgalikda ishlab chiqarishni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Geologiya, to‘qimachilik, charm va oziq-ovqat sanoati sohalaridagi loyihalar bo‘yicha mavjud masalalar, tariflarni tartibga solishni o‘zaro optimallashtirish bo‘yicha istiqbolli takliflar hamda ixtisoslashtirilgan tarmoq texnoparklarini tashkil etishga investitsiyalarni jalb qilish uslublari bo‘yicha masalalar alohida ko‘tarilib, muhokama qilindi.
Uchrashuv yakuni bilan, erishilgan kelishuvlarni va bitimlarni jadal amalga oshirish va o‘zaro munosabatlarni yangi mexanizmlarini o‘rganish nuqtai-nazaridan, xamkorlikni darajasini oshirish va yanada rivojlantirish bosqichlari belgilab olindi.