O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
AQShning Afgʻonistondagi yarashish masalalari boʻyicha Maxsus vakili bilan uchrashuv
2019-09-27 | Siyosat
2019-yilning 25-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Nyu-York shahrida AQShning Afgʻonistondagi yarashish masalalari boʻyicha Maxsus vakili Zalmay Xalilzod bilan uchrashdi.
Tomonlar Afg‘onistondagi vaziyat va tinchlik jarayonini rivojlantirish yo‘llari yuzasidan fikr almashdilar.
Shuningdek, Afg‘onistonda O‘zbekiston tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.
Uchrashuvda milliy yarashishga tezroq erishish va Afg‘onistondagi mojaroni siyosiy yo‘l bilan hal qilishdan tomonlar manfaatdor ekanligi yana bir bor tasdiqlandi.