O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qashqadaryo viloyatida tadbirkorlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
2019-09-27 | Iqtisodiyot
2019-yil 25 - sentabr kuni Qashqadaryo viloyatida tadbirkorlar murojaatlarini o'rganish bo'yicha Respublika ishchi guruhining viloyat tadbirkorlari bilan uchrashuvi hamda O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tashabbusi bilan Bosh prokuratura, Davlat bojxona qo'mitasi, Davlat soliq qo'mitasi hamda bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan hamkorlikda “Tadbirkorlik subyektlari uchun ular tomonidan sodir etilishi mumkin bo'lgan huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida ochiq seminar o'tkazildi.
Seminarda Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo'yicha vakil devoni, viloyat prokuraturasi, viloyat soliq inspeksiyasi, viloyat bojxona boshqarmasi, viloyat bandlik bosh boshqarmasi va Respublika Savdo-sanoat palatasi mutassadi xodimlari so'zga chiqib, ishtirokchilarga Mamlakatimizda oxirgi vaqtlarda tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, qonun hujjatlari bilan berilayotgan imtiyozlar hamda tadbirkorlik subyektlarini ijtimoiy himoyasi hususida tushuntirishlar berildi.
Tadbirda Qashqadaryo viloyatida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar M.Idilova, L.Uzoqov, B.Saxatov va A.Maxmudovlar so'zga chiqib o'z faoliyatlari doirasidagi shuningdek tuman va viloyat darjasida hal etilishi mumkin bo'lgan murojaatlarini bildirib, mazkur murojaatlar viloyatdagi mutassadi xodimlari yordamida o'z joyida yechimini topdi
Seminar yakunida Qashqadaryo viloyat Savdo-sanoat palatasi boshqarmasi boshlig'i M.Gulov viloyatimizda tadbirkorlik sohasida alohida e'tibor qaratilganligini, mamlakatimizda sohaga oid qabul qilinayotgan qonun hujjatlarini ijrosi o'z vaqtida ta'minlanayotganligi, ijtimoiy tarmoqlarda murojjaatlarni qabul qilish uchun maxsus kanallar ochilganligi hamda ushbu veb-saytlar orqali kelayotgan murojaatlar belgilangan muddatlarda ko'rib chiqilayotganligni ta'kidlab o'tdi.