O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Investor: Oʻzbekiston tomon nazar” konferensiyasi oʻz ishini boshladi

2019-09-26 | Iqtisodiyot

26-sentyabr kuni soat 10:00 da Oʻzbekistonda ilk bor Profi Training biznes maktabi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, hamda Moliya vazirligi hamkorligida “Investor: Oʻzbekiston tomon nazar” konferensiyasi oʻz ishini boshladi.

Konferensiyada startapchilar, biznes vakillari, tadbirkorlar, moliyachilar, iqtisodchilar, buxgalterlar, yuristlar, auditorlar va soliq maslahatchilari ishtirok etmoqda.

Tadbirda spikerlardan Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirining birinchi oʻrinbosari v.b. Sharof Rajabboyev, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi boshqarma boshligʻi oʻrinbosari Avazbek Mullajonov, Profi Training biznes maktabi direktori Tatyana Shalunova, Qozogʻistonning ASSA (Sertifikatlangan Buxgalterlar Uyushmasi) vakillari chiqishdi.

Kun davomida Innovatsion rivojlanish vazirining yuqori martabali maslahatchisi Karsten Xayns “Innovatsion madaniyat – investitsiya salohiyatini rivojlantiruvchi omil sifatida” mavzusi bilan chiqadi.

Konferensiya oʻz ishini davom ettirmoqda.

Поделиться