O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

YXHT Bosh kotibi bilan uchrashuv

2019-09-26 | Siyosat

2019-yilning 24-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Nyu-York shahrida Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Bosh kotibi Tomas Greminger bilan uchrashdi.

Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida ikki tomonlama aloqalarni yanada chuqurlashtirish va kengaytirishga sodiqlik tasdiqlandi.
 
YXHT Bosh kotibi so‘z erkinligini ta’minlash bo‘yicha O‘zbekistonda ko‘rilayotgan choralarni yuqori baholadi.
 
Tomas Greminger dekabr oyidagi bo‘lajak parlament saylovini xalqaro demokratik standartlarga to‘liq mos ravishda shaffoflikni ta’minlagan holda va adolatli o‘tkazish bo‘yicha O‘zbekiston rahbariyatining sa’y-harakatlarini olqishladi. YXHT Bosh kotibi Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byuro mamlakatga xalqaro kuzatuvchilar sifatida birinchi marta to‘laqonli delegatsiyani jo‘natishga tayyor ekanligini xaabr qildi.
 
Uchrashuvda O‘zbekiston va YXHT o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash bilan bog‘liq boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Поделиться