O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Respublikasi hukumat delegatsiyasini BAA Bosh vazirining o‘rinbosari va Prezident ishlari bo‘yicha vaziri shayx Mansur al- Naxayan qabul qildi
2019-09-26 | Iqtisodiyot
23-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi hukumat delegatsiyasini BAA Bosh vazirining o‘rinbosari va Prezident ishlari bo‘yicha vaziri shayx Mansur al- Naxayan qabul qildi.
Muloqot chog‘ida investitsion hamkorlikning joriy xolati, ikki tomonloma ishlab chiqishni talab etadigan mavjud savollar hamda erishilgan kelishuvlarni kelgusida amalga oshirish algoritmlari muxokama qilindi.
Umumiy muammolar va vazifalarni tezda hal qilish va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishda faol oldinga yurish imkonini beradigan o‘zaro hamkorlikning hozirgi sur’atini saqlashga alohida e’tibor qaratildi.
Shu sababli muzokara yakunlari bo‘yicha kelgusida yanada barqaror hamkorlikni ta’minlovchi qo‘shimcha choralar va mexanizmlar ishlab chiqildi.