O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Shanxaydagi forumda O‘zbekistonda yuridik xizmatlarni taqdim etish sohasini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar namoyish etildi

2019-09-26 | ShHT

Adliya vaziri o‘rinbosari Akbar Tashkulov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Shanxayda bo‘lib o‘tayotgan Shanxay hamkorlik tashkiloti makonida huquqiy xizmatlar bo‘yicha forumda ishtirok etmoqda. Tadbir Xitoy Xalq Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan.

Forumning birinchi kuni adliya vaziri o‘rinbosari Akbar Tashkulov sho‘’ba yig‘ilishida nutq so‘zladi. Xususan, u ishtirokchilarga yuridik xizmatlar yo‘nalishi bo‘yicha mamlakatimizda O‘zbekiston adliya organlarining yuridik xizmatlar ko‘rsatish, jumladan notariat, advokatura, mediatsiya, yuridik ko‘mak sohalarida rolini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar to‘g‘risida so‘zlab berdi.

Eslatib o‘tamiz, forum ShHT ishtirokchi davlatlari adliya vazirlarining navbatdagi yig‘ilishi arafasida o‘tkazilmoqda. Bu esa o‘z ShHT davlatlari o‘rtasida huquqiy xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi hamkorlikning yangi tashabbuslarini muhokama qilish uchun o‘ziga xos imkoniyat yaratib berdi.

Поделиться