O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Adliya vazirligi vakillari Shanxayning notarial xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi tajribasini o‘rganmoqda

2019-09-26 | ShHT

Adliya vaziri o‘rinbosari Akbar Tashkulov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi delegatsiyasi Shanxayda bo‘lib o‘tayotgan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti(ShHT) makonida xuquqiy xizmatlar bo‘yicha forumda ishtirok etmoqda. Tadbir Xitoy Xalq Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilmoqda.

Forum ShHTga a’zo davlatlar adliya vazirlarining navbatdagi yig‘ilishi arafasida o‘tazilmoqda. Bu ShHT davlatlari o‘rtasida xuquqiy xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi hamkorlik bo‘yicha yangi tashabbuslarni muhokama qilish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Joriy yil 24-sentabr kuni tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining aholiga notarial xizmatlar ko‘rsatish, notariat instituti samaradorligini oshirishning yangi usullari va sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish jarayonini tashkil qilish bo‘yicha tajribasini o‘rganish maqsadida Shanxay sharqiy notarial organida bo‘lishdi. Ushbu notarial organ har yili 120 mingga yaqin notarial harakatlarni amalga oshiradi. Ma’lum bo‘lishicha, bu yerda 82 ta notarius faoliyat olib boradi.

Mamlakatamiz mutaxassislari chet ellik hamkasblar bilan elektron notariat tizimini joriy etish bo‘yicha tajriba almashdi. O‘zbekiston notariat tizimidagi o‘zgarishlar Xitoy Xalq Respublikasi vakillarida katta qiziqish uyg‘otib, ular o‘zgarishlarni yuqori baholadi.

Поделиться