O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

AKT haftaligini “DIGITAL UZBEKISTAN” forumi ochib berdi

2019-09-25 | Texnologiyalar

Har qanday, hatto eng ilgʻor innovatsiya ham aniq bir muddat dolzarblik kasb etadi, vaqt oʻtib esa uning oʻrnini yangi texnologiyalar egallaydi.

Oʻzbekistonda 2004-yildan buyon har yili oʻtkazib kelinayotgan “ICTWEEK Uzbekistan” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi bizni yangi ishlanmalar bilan tanishtirmoqda. Bu yilgi haftalik Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 24-27-sentyabr kunlari Toshkent va Fargʻona shaharlarida oʻtkazilmoqda. Barcha tadbirlar nafaqat mutaxassislar, balki axborot texnologiyalari foydalanuvchilarida ham qiziqish uygʻotishi shubhasiz.
 
AKT haftaligini “DIGITAL UZBEKISTAN” forumi ochib berdi, u sohaning zamonaviy tendensiyalarini muhokama qilish uchun oʻziga xos maydoncha vazifasini oʻtaydi. Shoʻba yigʻilishlarida ishtirokchilar Oʻzbekistonda axborot texnologiyalari sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan yechim va dasturlarni ishlab chiqish imkoniyatiga ega boʻladi. Forum ishida Oʻzbekiston, Belarus, Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Ukrainaning mashhur mutaxassislari ishtirok etmoqda. Ular tomonidan elektron tijorat, raqamli iqtisodiyot, sunʼiy idrok, startap loyihalar masalalari muhokami qilinadi.
 
“ICTExpo-2019” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari koʻrgazmasi haftalik doirasida oʻtkaziladigan eng yorqin tadbir boʻladi. Unda AKT sohasidagi eng soʻnggi ishlanmalar, oʻziga xos xizmat va yechimlar namoyish etiladi. Koʻrgazmada axborot texnologiyalari sohasida yuqori texnologik mahsulot ishlab chiqarish, uyali aloqa, tizimli integratsiyalash, dasturiy taʼminotni ishlab chiqishga ixtisoslashgan milliy kompaniyalar, aloqa va maʼlumot yuborish xizmatlari provayderlari faol ishtirok etadi.
 
Birlashgan Arab Amirliklaridan kelgan hamkorlar bilan birgalikda Oʻzbekistonda ilk bor “MGovAward” davlat mobil ilovalarini ishlab chiqish boʻyicha respublika tanlovi tashkil etiladi. Undan koʻzlangan maqsad yoshlarni IT-ishlanmalariga jalb qilish va ragʻbatlantirish, ularning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashdan iborat. Tanlov ishtirokchilari sogʻliqni saqlash, taʼlim, turizm, tadbirkorlik, transport va logistika sohalari uchun mobil ilovalar ishlab chiqishi kerak boʻladi. Tanlov 26-sentyabr kuni boshlanadi. Shu kuni “ICTWEEK Uzbekistan” doirasida Xalqaro biznes-markazda ilk bor “Axborot texnologiyalari va SHHTning innovatsion rivojlanishi” mavzusida forum boʻlib oʻtadi. Forumda xorijiy davlatlar, SHHTga aʼzo mamlakatlarning diplomatik korpusi, hokimiyat organlari, mahalliy va xorijiy IT-kompaniyalari, jamoat va ilmiy tashkilotlar vakillari ishtirok etadi. Ular hamkorlikda SHHT davlatlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish boʻyicha yechimlarni ishlab chiqadi. Forumning muhim vazifalaridan biri hokimiyat organlari va IT-biznes vakillari, ekspert hamjamiyatida mamlakat va mintaqaviy miqyosda AKT sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha yagona va umumiy qarashini shakllantirishdir.
 
Asosiy tadbirlar bilan birga AKT haftaligi doirasida qator qiziqarli tadbirlar ham boʻlib oʻtadi. AKT haftaligi nafaqat mamlakatimiz AKT sohasini yanada rivojlantirish, balki ushbu yoʻnalishda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga ham xizmat qilishi shubhasiz.
 

Roman BONDARCHUK, OʻzA

Поделиться