O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yengil sanoat sohasini rivojlantirish maqsadida soliq imtiyozlari taqdim etiladi

2019-09-24 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-sentabrdagi “Yengil sanoatni yanada rivojlantirish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4453-sonli qaroriga asosan 2020-yil 1-yanvardan boshlab:

hisobot davri natijalari bo‘yicha yalpi tushumning umumiy hajmida tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarining eksporti 60 foizdan kam bo‘lmagan eksport ulushiga ega bo‘lgan korxonalar 2023-yil 1-yanvarga qadar mol-mulk solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi;

to‘qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalari korxonalarining foyda solig‘i bo‘yicha soliqqa tortiladigan bazasi etti yil davomida teng ulushlarda zamonaviy tozalash va kanalizatsiya inshootlarini qurish bo‘yicha xarajatlar summasiga kamaytiriladi;

shuningdek, mazkur hujjat bilan chorva mollarini so‘yish bo‘yicha zamonaviy avtomatlashtirilgan majmualarni ishga tushirayotgan tashkilotlar va terini qayta ishlovchi korxonalar 2023-yil 1-yanvarga qadar er solig‘i to‘lashdan ozod etiladi;

“O‘zto‘qimachiliksanoat” va “O‘zcharmsanoat” uyushmalarining xorijiy konsulьtantlari, shuningdek, to‘qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalari korxonalarida mehnat faoliyatini yuritayotgan xorijiy mutaxassislar O‘zbekiston Respublikasidagi daromad manbalari bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini uning belgilangan stavkasidan 50 foiz miqdorida to‘laydi.

Поделиться