O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
"DP World" kompaniyasining rahbariyati bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi
2019-09-24 | Iqtisodiyot
Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi dunyoning 31 ta mamlakatida 60 ta faoliyat yuritayotgan va 11 ta - qurilayotgan terminallarga ega yirik port operatoridan bo‘lgan "DP World" ofisiga tashrif buyurdi.
Kompaniya ijrochi direktori Sulton Ahmad bin Sulayem bilan o‘tkazilgan muzokaralar davomida Navoiy viloyatida xalqaro logistika sohasida yirik qo‘shma investitsiya loyihasini amalga oshirish holati muhokama qilindi.
Amirliklik xamkorlar O‘zbekiston qulay geografik joylashuvi va rivojlangan transport kommunikatsiyalar tarmog‘i tufayli Markaziy Osiyo mintaqasida transchegaraviy transport sohasida foydalanilmay qolgan keng imkoniyatlarga ega bo‘lgani va ushbu loyiha ustuvor ravishda ko‘rib chiqilishi va o‘rganilishini bildirib o‘tdilar.
Uchrashuv yakunida taraflar loyihaning to‘liq kontseptsiyasini va uni moliyalashtirish variantlarini tezkorlik bilan qayta ishlash va o‘zaro kelishish hamda ushbu jarayonlardan so‘ng mazkur yo‘nalishda keyingi bosqichlarga o‘tish mumkinligi borasida murosaga keldilar.