O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
TerDUga Bangladesh elchisi tashrif buyurdi
2019-09-24 | Ta’lim
Bangladesh Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Mosud Mannan va uning maslahatchisi Nripenda Chandra Debnath Termiz davlat universitetiga tashrif buyurishdi.
Mehmonlarni universitet rektori, Senator A.Toshqulov kutib oldi hamda Bangladeshning O‘zbekistondagi diplomatik missiyasi rahbarining Termiz davlat universitetiga tashrifi oliy o‘quv yurti bilan tanishish va ikki mamlakat universitetlari orasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida tashkil etilayotganidan mamnun ekanligini ta’kidladi.
Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston va Bangladesh universitetlari o‘rtasida hamkorlik yo‘nalishlari to‘g‘risida fikrlashish bilan birga talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi, hamda malakali mutaxassislarni tayyorlash masalalarini ko‘rib chiqdilar.
Uchrashuv so‘ngida universitet rektori A.Toshqulov va Mosud Mannan bir-birlariga esdalik sovg‘alari topshirib tarixiy voqeylikni eslatib turuvchi suratlarga tushishdi.