O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xitoy Elchisi bilan uchrashuv
2019-09-24 | Siyosat
2019-yilning 23-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Szyan Yan bilan uchrashdi.
Bo‘lib o‘tgan suhbatda Shanxay hamkorlik tashkiloti a’zo davlatlarining Hukumat rahbarlari (bosh vazirlari) kengashining Toshkent shahridagi navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rishning va unda Xitoy delegatsiyasi ishtirok etishining amaliy jihatlari korib chiqildi.
Uchrashuvda Xitoy Davlat kengashi Bosh vaziri Li Ketsyanning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi dasturi va bo‘lajak O‘zbekiston-Xitoy muzokaralari kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi.