O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
BAA Energetika va sanoat vaziri bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi
2019-09-23 | Iqtisodiyot
O‘zbekiston Respublikasi hukumat delegatsiyasining Birlashgan Arab Amirliklariga tashrifi doirasida BAA Energetika va sanoat vaziri Suxail al-Mazrui bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar davomida neft-gaz, energetika, kimyo va neft-kimyo sohalarida amalga oshirilayotgan qator loyihalar bo‘yicha hamkorlikning borishi muhokama qilindi.
Amirlik sheriklarining fikriga ko‘ra, ushbu tarmoqlar katta sarmoya talab etishi bois uzoq muddatli istiqbolda milliy iqtisodiyotning rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun davlatlararo muloqot va ushbu yo‘nalishda birgalikdagi say-harakatlar sezilarli natijalarga olib kelishi kerak.
Shu nuqtai nazardan, Suhail al-Mazrui erishilgan yutuqlar va O‘zbekiston-Amirlik muzokaralarida ijobiy dinamikani qayd etdi: bir qator tashabbuslar bo‘yicha tomonlar kelishuvga erishib texnik va huquqiy tafsilotlarni kelishish jarayonini boshladilar.
Muzokaralar yakunida tomonlar qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha ishlarni faollashtirishga doir niyatini bildirdilar.