O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkentda Markaziy Osiyo energetika investitsion forumi ("MOEIF-2019") o‘z ishini yakunladi
2019-09-23 | Iqtisodiyot
Toshkentda 20-21-sentabr kunlari o‘tkazilgan Markaziy Osiyo energetika investitsion forumi ("MOEIF-2019") yakunlandi.
U O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan Osiyo taraqqiyot banki hamda hamkorlik orqali rivojlanishga ko‘maklashish maqsadida birlashgan 11 ta mamlakat va sheriklar bilan birgalikda MOEIF maqomi ostida tashkil qilindi.
Forumning ikkinchi kuni, 21-sentabrda 2-sessiyasi mavzusi “Qanday qilib Markaziy Osiyoda energetik o‘tishni (muqobil energiya manbalariga o‘tishni) daromadli biznesga aylantirish mumkin?” deb nomlandi. Ushbu mavzu bo‘yicha OTBning energetik sektori bo‘yicha guruhi, Germaniya Energetika agentligi ma’ruzalari tinglandi. Shuningdek, "Power China International Group Limited", «KB Global Investments», ACWA kompaniyalari rahbariyati a’zolari, Vena shahri merining sobiq o‘rinbosari ishtirokida podiumli munozara o‘tkazildi.
“O‘tish davrida tavakkalchiliklar va daromadlarn tenglashtirish” deb nomlangan uchinchi sessiyada esa ABT va gazni eksport qiluvchi mamlakatlar forumi kotibiyati rahbariyati a’zolari nutqlari tinglandi.
Podiumli munozaralar yuristlar, bankirlar, xalqaro moliyaviy tashkilotlari, sug‘urta kompaniyalari va hukumatlar vakillari ishtirokida o‘tkazildi. Unda «Bayat Group», «Ghazanfar Group», «Samruk-Energo», «Sapphire Group» kompaniyalari, Qozog‘iston energetika birjasi rahbariyati a’zolari o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
4- sessiya «Kelajakka marhamat - energetik sektorda mintaqaviy startaplar va innovatsion biznes-modellar” mavzuiga bag‘ishlandi. Mavzu yuzasidan «Power Ledger» va «Next Kraftwerke GmbH» kompaniyalari rahbariyati vakillari so‘zga chiqdi.
Shuningdek, mintaqaviy startaplarning «TedTalk» formatidagi taqdimotlari, ovoz berish va eng yaxshi startaplar mualliflarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Biz qanday yo‘l tutamiz - Biznes yuritishning umumiy mintaqaviy usullari va taomillari” mavzusi 5-sessiyada tahlil etildi. Mavzu doirasida O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi vakillari so‘zga chiqdi.
So‘ngra podiumli munozarada turli Savdo palatalari vakillari, tadbirkorlar ishtirok etib, Markaziy Osiyoda qanday qilib muvaffaqiyatli biznesni yo‘lga qo‘ygani haqida so‘zlab berdi. Ular orasida «General Electric» kompaniyasining Markaziy Osiyo Ozarbayjon mintaqasi bo‘yicha bosh direktori hamda “Amerika savdo palatasining” (AmCham) Qozog‘istondagi vakolatxonasi ijrochi direktori ham bor edi.
Forumning ikkinchi kuniga O‘zbekiston Hukumati vakili va Osiyo taraqqiyot bankining Markaziy va G‘arbiy Osiyo bo‘yicha energetika departamenti direktori yakun yasadi.
Shuni qo‘shimcha qilish kerakki, Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik (MOMIH) dasturi 2001-yilda Osiyo taraqqiyot banki tashabbusiga ko‘ra tashkil qilingan.
MOMIH dasturi rivojlanish bo‘yicha bir qator mamlakatlar va sheriklar hamkorligi bo‘lib, ular orqali rivojlanishni ilgari surish maqsadida birga ish olib boradi, jadal iqtisodiy rivojlanish va umumiy farovonlikni oshirishga xizmat qiladi. Sherik mamlakatlar qatoriga Ozarbayjon, Afg‘oniston, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mongoliya, Pokiston, XXR, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston kiradi.