O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Eksport salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha Respublika komissiyasi Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi
2019-09-19 | Iqtisodiyot
Joriy yilning 18-sentabr kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov boshchiligidagi Eksport salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha Respublika komissiyasi Buxoro viloyatining tuman va shaharlariga tashrif uyushtirgan holda, hududdagi eksportchi-tadbirkorlar faoliyatini o‘rgandi.
Tadbirkorlar bilan bevosita muloqot davomida korxonalarning dolzarb masalalari aniqlandi, ishlab chiqarish quvatlari va eksport salohiyatini oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi, idoralararo hamkorlikda masalalar yechimi va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari ishlab chiqildi.
Amalga oshirilgan ishlar yakunida Vobkent tamanida Buxoro viloyatining rahbariyati ishtirokida eksporterlar, ularga biriktirilgan vazirlikning markaziy apparati xodimlari hamda investitsiyalar va tashqi savdo sohasi uchun mas’ul bo‘lgan shahar va tuman rahbarlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazilib, mas’ul xodimlar tomonidan belgilangan ko‘rsatkichlarning bajarilishi prognozi va bu borada ko‘rilayotgan choralar haqida batafsil axborot berildi.
Uchrashuvda investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari va eksporti-korxonalarning muammolari manzilli ko‘rib chiqildi. Komissiya rahbari tomonidan ko‘tarilgan masalalarning yechimi hamda tadbirkorlar, investorlar va eksportchilar bilan ishlarni amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.