O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O'zbekiston va Tatariston ishbilarmonlari o'rtasida bo'ladigan “B2B” formatidagi biznes muloqotga taklif etamiz

2019-09-18 | Iqtisodiyot

O'zbekiston va Tatariston o'rtasida o'zaro savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish maqsadida 2019-yilning 17-19-sentabr kunlari Tatariston hukumati vakillari hamda Tataristonning yetakchi kompaniyalari vakillari O'zbekistonga tashrif buyurmoqda.

Tashrif doirasida 2019-yil 18-sentabr kuni Toshkent shahridagi «Xalkaro xamkorlik markazi»da ikki davlat ishbilarmonlari o'rtasida “B2B” formatida biznes muloqot o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Mazkur uchrashuvda mashinasozlik, neft-gaz va neft-gaz sanoati uchun uskunalar ishlab chiqaruvchilar, mashinasozlik, kimyo sanoati, informatsiya-texnolgiya, savdo-sotiq, elektrotexnika, qishloq xo'jaligi, oziq-ovqat, cho'yan va po'lat ishlab chiqaruvchi, 40 dan ortiq Tataristonning yetakchi kompaniyalari ishtirok etadi (Ro'yxat ilova qilinadi).

Mazkur Forumda ishtirok etish istagida bo'lgan mahalliy tadbirkorlik sub'ektlari o'zlari to'g'risidagi ma'lumotlarni (korxona nomi, ishlab chiqariladigan mahsulot nomi, ishtirokchining ism-sharifi, lavozimi, telefon raqami) hamda mahsulot tijorat taklifini 2019-yil 17-sentabrga soat 24-00 qadar Palataning Eksportga ko'maklashish boshqarmasi s.azamov@chamber.uz elektron manziliga taqdim etishingiz so'raladi.

Поделиться